YANGI FAKULTETLAR SIZNI KUTMOQDA!!!

YANGI FAKULTETLAR SIZNI KUTMOQDA!!!

Bu yilda abituriyentlar uchun Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham qizg’in tayyorgarlik ko’rishmoqda.Parij Xalqaro moda Akademiyasi fakulteti Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti qoshida ochildi.  Fakultetda o’quv mashg’ulotlarini Parij Xalqaro moda Akademiyasining yetakchi xodimlari hamda Fransiyada malaka oshirgan professor-o’qituvchilar  olib boradi.
Fakultetda ta’lim olish doirasida talabalar amaliyotni va malaka oshirishni Fransiyada o’tash ko’zda tutilgan.                                                                         
Joriy yilda hujjat topshirayotganda faqat ijodiy ishlari (ishlarning fotosuratlari, loyihalari rasmlar, eskizlar va shu kabilar) qabul qilinadi.  Fransuz tilini bilish talab etilmaydi. Agar talaba xohlasa, ikki yil O’zbekistonda, ikki yil Fransiyada ta’lim olishi mumkin.  O’qish tugagach, ikkita ( Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti va Parij Xalqaro moda Akademiyasi) diplomini  oladi.  Diplomlar ikkala davlat hududida ham amal qilish kuchiga ega. Abituriyentlar talabalikka to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Kontrakt-to‘lov to‘rt yil davomida oshmaydi. Agar siz  o’zingizni  shu sohada sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz biz sizni kutamiz. 
Ushbu fakultetga qabul jarayonlari 2019-yilning 1-iyunidan 30-iyuniga qadar davom etadi. Shu bugungi kungacha 5 nafar abituriyent hujjat topshirishga muvaffaq bo’lishdi. 
Imtihon joriy yilning  3- iyulidan 8- iyuligacha bo’lib o’tadi. Shuningdek, Matbaa texnologiyasi fakultetida yana ikkita yo‘nalish abituriyentlarni qabul qiladi. Bular Buxgalteriya hisobi(tarmoqlar bo’yicha) va audit, marketing tarmoqlar va sohalar  bo’yicha ham qabul kutilmoqda. Qabul kvotalari tez orada e’lon qilinadi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH