TOZALIK BOR JOYDA QUT-BARAKA BO‘LADI

TOZALIK BOR JOYDA QUT-BARAKA BO‘LADI

Xalqimizda “Tozalik bor joyda qut-baraka bo‘ladi” degan gap bor. Bugun yoshmi, qarimi - har bir yurtdoshimiz ana shu hikmatli gapni shuuriga singdirib olishi kerak, chor-atrof pokizaligiga o‘zi ham mas’ul ekanligini his etsin. Qolaversa, saranjom-sarishta, toza-ozoda joyda yashash kishining bahri dilini ochadi, salomatligi ham xavfsiz bo‘ladi. Shunday ekan, har bir oila, ta’lim dargohida, mahallalar va ko‘cha-ko‘ylarda tozalikni saqlashga e’tibor qarataylik. Bu oddiy ish bo‘lib tuyulsa-da, uning zamirida o‘zimizning, yaqinlarimizning salomatligini asrab-avaylashdek dolzarb  masala yotadi. Ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarida ilm olayotgan talabalar turar joyida ozodalikka rioya qilishlik ayni muddao bo‘ladi. Jumladan, joriy yilning 24 dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 1-talabalar turar joyida «Pedagogika va jismoniy madaniyat» kafedrasi mudiri D.I.Xodjakulova tomonidan «Tarbiyaviy-axloqiy ishlar” mavzuida institut talabalari bilan davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tadbir davomida talabalarga odob-ahloq qoidalari, xonalarni toza va ozoda saqlash, gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi bir qancha tushuntirish ishlari olib borildi hamda yotoqxona holati ko‘zdan kechirildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH