ZAMONAVIY TA’LIMGA XOS UCHRASHUV

ZAMONAVIY TA’LIMGA XOS UCHRASHUV

O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Yoshlar esa ushbu rag‘batlardan to‘g‘ri va oqilona foydalansa  kifoya.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev boshchiligida yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularni qiynagan muammolarga yechimlar topilmoqda. Prezidentimiz tashabbuslari bilan joylarda “Hokim va yoshlar”, “Rektor va yoshlar” kabi uchrashuvlar bo‘lib o‘tayotgani hech kimga sir emas. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligidagi 2019-yil 27-dekabr kuni mamlakat yoshlari bilan uchrashuvda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqishga  qaratilgan topshiriqlar berildi. Ushbu topshiriqlar ijrosi o‘laroq, bugungi kunda deyarli barcha Oliy ta’lim muassasalarining rektorlari o‘z talaba-yoshlaribilan uchrashuvlarni davom ettirmoqda. 
Joriy yilning 29 -yanvar kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori,texnika fanlari doktori Baxodirjon Ochilovich Onorboyev talaba-yoshlar bilan uchrashdi. Institut rektori yoshlarga qarata shunday dedi:“Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarimizdan, ya’ni sizlardan berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z kasbingizni bilimdoni, mohir ustalari bo‘lib yetishish talab etilmoqda. Bugun institutimizda siz, yoshlarning puxta bilim olishlaringiz uchun barcha sharoit va imkoniyatlar  yaratilgan. Institutda 375 dan ziyod professor-o‘qituvchilar sizlarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. Iloji boricha bilimli, kasbiga sadoqatli kadrlarni tanlashga harakat qildik. Sizlardan ham birgina istagimiz o‘qing, o‘qing va yana o‘qib, izlaning. Yurt istiqboli uchun kerakli kadr bo‘lib yetishing”.Shundan keyin institutda tahsil olib, shu yerdan o‘z faoliyatini boshlagan “Faxriy rektorlar”ga so‘z navbati berildi.  Ular Texnika fanlari doktori, professor Xalima Alimovna Alimova,Texnika fanlari doktori,professor Qodirov Baxrom Gafurovich, Texnika fanlari doktori,professor Parpiyev Azimjon Parpiyevichlar o‘z faoliyati, talabalarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, bundanda yaxshi o‘qishlarini ta’kidlab o‘tishdi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish kerakki, Halimaxon Alimovna 15 yil (1990-2005 yillar) davomida institutda rektorlik lavozimida ishlagan.  H. Alimova20 tadan ziyod chet el oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari tuzib, institutning xalqaro aloqalarni rivojlantirib bergan,  o‘sha paytning yagona ayol rektorlaridan biri sanalgan. Shuningdek, uchrashuvga turli oliy o‘quv yurtlarida rektor bo‘lib ishlagan, Texnika fanlari doktori Azimjon Parpiyev ham taklif etildi. 
U kishi 1991 – 1998 yillarda institutda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, 1998-2005 yillarda Guliston davlat universiteti rektori,2005-2006 yillarda Toshkent to‘qimachilik  va yengil sanoat instituti rektori,   2006 – 2007 yillarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari,2008 – 2010 yillarda esa Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimlarida mehnat faoliyatini olib borgan. Hozirda A. Parpiyev “Paxtani dastlabki ishlash” kafedrasi professori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek,uchrashuvga institutni tamomlab, turli lavozimlarda faoliyat yuritayotgan  Bahromjon G‘ofurovich ham taklif etildi. U kishi 1957-yilda  yoshligidan orzu qilgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat  institutiga o‘qishga kirdi. Bahrom Qodirov 1962- yilda institutni «Paxtani dastlabki ishlash» mutaxassisligi bo‘yicha muhandis-texnolog darajasini olib tugatgach, davlat yo‘llanmasi bilan Surxondaryo viloyati Termiz paxta tozalash zavodida ishlab chiqarish smena boshlig‘i sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. Zavodning oddiy ishchilaridan amaliy mehnatni ko‘nikmalarini o‘rgandi hamda institutda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llab, o‘nlab ixtirochilik va ratsionalizatorlik takliflarini ishlab chiqarishga joriy etdi. “Rektor va yoshlar” uchrashuvlarining tashkil etilishi, bu yoshlar va institut ma’muriyatini yaqinlashtirib, talaba-yoshlarni yanada ko‘proq o‘z ustilarida ishlashga undaydi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH