INNOVATSION DIZAYN VA ZAMONAVIY MAHSULOT

  Joriy 2020 yilning 20 aprelidan 20 mayiga qadar ilk bora O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “OSIYO RAMZI”, O‘zbekiston Respublikasi dizaynerlari uyushmasi tomonidan hamda Parij Xalqaro Moda Akademiyasi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi ko‘magida tashkil etilgan,  “Kostyum dizayni”, “Arxitektura muhiti dizayni”, “Sanoat dizayni” yo‘nalishlarida “Innovatsion dizayn va zamonaviy mahsulot” Respublika eskizlar onlayn – tanlovi o‘tkazildi.


    25-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida shu tanlovga tushgan ijodiy ishlarni baholash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
    Unda institut O‘quv ishlari bo'yicha prorektori X.H.Kamilova hamda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zolari, Ixtisoslashtirilgan Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, “Kostyum dizayni” kafedrasi o’qituvchilari va sohaning yetakchi mutaxassislaridan tashkil topgan hayat komissiyasi “Kostyum dizayni” yonalishiga tushgan tanlov arizalarni va eskizlarni baholadilar. 
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqgan holda, ayrim xay’at a’zolari bilan onlayn tarza videokonferensiya orqali ishlar baholandi
    Baholash natijalari yaqin kunlarda Vazirlik saytlarida e’lon qilinadi.
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018