START-UP LOYIHALAR KO‘RGAZMASI TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, pullik xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va boshqa byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga oliy ta’lim muassasalari tarkibida texnopark, forsite, texnologiyalar transferi, start-up, akselerator markazlarini tashkil etish hamda ularni tegishli tarmoq, soha va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tadqiq qilish va prognozlashtirish bo‘yicha faoliyat olib borishlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, Respublika oliy ta’lim kengashi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 3-martdagi 20-son qo‘shma qarori hamda institut rektorining 2020-yil 10-martdagi 151-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 13-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talaba-yoshlarining istiqbolli start-up loyihalarini inkubatsiya 
va akseleratsiya jarayonlaridan o‘tkazishga bag‘ishlangan dastlabki ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda, tanlab olingan start-uplarning ko‘rgazmasi va tanlovi joriy yil mart oyida bo‘lishi kutilmoqda. Tanlov Innovatsiya integratsiya ilmiy tadqiqotlar markazi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchilari tomonidan tashkil etildi. 

скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018